“E-KENGASH” AXBOROT TIZIMI
MAXFIYLIK SIYOSATI
1. Umumiy ma’lumotlar
Ushbu Maxfiylik siyosati “E-Kengash” axborot tizimidan (keyingi o‘rinlarda — Tizim) foydalanishda shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ulardan foydalanish va himoya qilish tartibini belgilaydi.
Tizim xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatini elektron shaklda tashkil etish — sessiyalarni o‘tkazish, hujjatlar aylanishini yuritish, ovoz berish va qarorlar ijrosi monitoringini olib borish maqsadida ishlab chiqilgan.
Tizimdan foydalanishdan oldin Foydalanuvchi ushbu Siyosat shartlari bilan tanishishi shart. Tizimdan foydalanish Foydalanuvchining o‘z shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga so‘zsiz roziligini anglatadi. Ma’lumotlarni uzatish uchinchi shaxsning axborot resursida amalga oshirilgan bo‘lsa, uning oqibatlari uchun “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ javobgar emas.
2. Qabul qilinadigan va qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar
Tizimning funksional maqsadiga muvofiq quyidagi ma’lumotlar qayta ishlanadi:
- F.I.Sh., jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), tug‘ilgan sanasi;
- lavozimi, tashkilot nomi, doimiy komissiya a’zoligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- aloqa ma’lumotlari — telefon raqami va elektron pochta manzili;
- elektron raqamli imzo sertifikati ma’lumotlari;
- texnik ma’lumotlar — IP-manzil, kirish sanasi va vaqti, Tizimdagi harakatlar jurnali.
Ma’lumotlar Foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladi yoki idoralararo integratsiya orqali davlat axborot tizimlaridan olinadi. Barcha ma’lumotlarga ishlov berish dastur tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Maxsus toifadagi (sog‘liq, biometrik va boshqa) ma’lumotlar yig‘ilmaydi.
3. Ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari va saqlash
Shaxsiy ma’lumotlarga Foydalanuvchini identifikatsiya qilish, unga roliga muvofiq kirish huquqini berish, sessiyalarni o‘tkazish va ovoz berishni tashkil etish, hujjatlarni shakllantirish hamda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, monitoring va hisobotlarni yuritish, Tizim xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ishlov beriladi.
Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda saqlanadi. Saqlash muddati ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan vaqt bilan, xizmat hujjatlari tarkibidagi ma’lumotlar esa hujjatlarni arxivda saqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddat bilan belgilanadi.
4. Ma’lumotlarni himoya qilish va uzatish
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ ma’lumotlarning maxfiyligi va himoyasini ta’minlash bo‘yicha zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi: ma’lumotlar shifrlangan kanal orqali uzatiladi, rollarga asoslangan kirish nazorati va harakatlar jurnali yuritiladi, zaxira nusxalar muntazam shakllantiriladi.
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslarga berilmaydi, ushbu Siyosatda va qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Davlat organlarining (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining) murojaatiga binoan ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Foydalanuvchi o‘zining login, parol va elektron raqamli imzo kaliti maxfiyligini ta’minlash uchun mustaqil javobgar bo‘ladi.
5. Foydalanuvchining huquqlari
Foydalanuvchi o‘ziga taalluqli ma’lumotlarga ishlov berilishi to‘g‘risida axborot olish, noto‘g‘ri yoki eskirgan ma’lumotlarni aniqlashtirishni talab qilish, qonunga xilof olingan ma’lumotlarni bloklash yoki o‘chirishni talab qilish hamda roziligini qaytarib olish huquqiga ega. Rozilikni qaytarib olish Tizimdan keyingi foydalanish imkoniyatini yo‘qotadi.
6. Maxfiylik siyosatini o‘zgartirish
“Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ ushbu Siyosatga, shu jumladan qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda, o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. O‘zgarishlar Tizimda joylashtirilgan kundan boshlab uch kundan keyin kuchga kiradi, Foydalanuvchilar bu haqda Tizim orqali xabardor qilinadi. Foydalanuvchi kiritilgan o‘zgarishlarga rozi bo‘lmasa, Tizimdan foydalanishni to‘xtatishi lozim.
7. Nizolarni hal etish tartibi
Ushbu Siyosatni qo‘llash bo‘yicha barcha nizo va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
8. Bog‘lanish ma’lumotlari
Maxfiylik siyosati bo‘yicha savol va mulohazalar yuzasidan biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
Elektron pochta: info@uzinfocom.uz
Telefon: (+998 71) 202-22-02, ichki raqam: 1.